FIFA hal qiluvchi bosqich uchun maxsus to‘pni taqdim etdi
Sport
−
07 iyul 1674 1 daqiqa
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatining yarim finallari, uchinchi o‘rin uchun bahs hamda final uchrashuvida qo‘llaniladigan maxsus “Trionda Final” to‘pini rasman taqdim etdi.
Ma’lum qilinishicha, chorak finalga yo‘l olgan har bir jamoaga o‘yindan so‘ng tayyorgarlik jarayonlari uchun 48 tadan mashg‘ulot to‘pi topshiriladi. Bu jamoalarga hal qiluvchi bosqichlarda aynan rasmiy o‘yin to‘pi bilan mashg‘ulot o‘tkazish imkonini beradi.
Hozirga kelib Jahon chempionatining chorak finaliga Fransiya, Marokash, Ispaniya, Belgiya, Norvegiya va Angliya terma jamoalari chiqdi. Qolgan ikki ishtirokchi esa Argentina – Misr hamda Shveysariya – Kolumbiya o‘rtasidagi 1/8 final bahslari yakunlariga ko‘ra aniqlanadi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati yarim final bahslari joriy yilning 14–15 iyul kunlari AQSHning Atlanta shahridagi “Atlanta” arenasida bo‘lib o‘tadi. Uchinchi o‘rin uchun uchrashuv 18 iyul kuni Mayamidagi “Mayami”da tashkil etiladi. Turnir finali esa joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-York shahri yaqinidagi “MetLayf” stadionida o‘tkaziladi.
Live
Barchasi