“Fenerbahche” Shomurodovga qiziqish bildirmoqda – OAV
Sport
−
19:00 2240 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiyaning yetakchi klublaridan biri – “Fenerbahche”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Ajansspor” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Fenerbahche” 30 yoshli hujumchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uni transfer qilish borasida dastlabki qadamlarni tashlagan.
Ayni paytda Eldor Shomurodovning amaldagi klubi “Istanbul Bashakshehir” futbolchining transfer bahosini 15 million yevrogacha oshirishni rejalashtirmoqda.
“Istanbul Bashakshehir” o‘tgan yozda Shomurodovni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olgan va joriy yilning fevral oyida o‘zbekistonlik hujumchining shartnomasini Italiyaning “Roma” klubidan 5,8 million yevroga sotib olgan edi.
2025-2026 yilgi mavsumda Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purariga aylandi. U chempionat doirasidagi 34 ta uchrashuvda 22 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining bir nechta klublari ham Eldor Shomurodovga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi