Farg‘onada yeri olib qo‘yilgan fuqaro Xalq qabulxonasi oldida tomirini kesmoqchi bo‘ldi (video)
Jamiyat
−
13 mart 2021 9617 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro M.B. ning tuman Xalq qabulxonasi binosi oldida, tashqari ko‘chada o‘z qo‘l tomirlariga jarohat yetkazishga uringani, bunday hatti-xarakatga uzumchilik uchun ajratilgan yer maydoni to‘g‘risidagi qarorning bekor qilingani sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Farg‘ona viloyati hokimligi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro M.B. haqiqatan ham joriy yilning 11 mart kuni Oltiariqdagi tuman Xalq qabulxonasi binosi oldida o‘z qo‘l tomirlariga jarohat yetkazishga uringan. Biroq tuman IIB xodimlarining harakatlari sabab uning urinishii oxiriga yetmay, tibbiyot birlashmasiga olib borilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan. Bugungi kunda uning sog‘ligi va holati yaxshi darajada.
Viloyat hokimligi, viloyat Xalq qabulxonasi, xalq deputatlari viloyat kengashi, viloyat prokuraturasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan mazkur holat yuzasidan o‘rganish olib borish uchun ishchi guruh tuzilgan.
Ishchi guruh fuqaroga uzumchilik uchun yer maydoni ajratilishi, bu bo‘yicha tuman hokimi qarorini bekor qilinishi bilan bog‘liq holatlarni va fuqaroni bunday hatti-xarakat qilishga majburlagan sabablarni joyida o‘rganib chiqadi. Uning natijalari yuzasidan tez kunda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.
Live
Barchasi