Farg‘onada mudhish YTH: chaqaloq avtomobil g‘ildiraklari ostida qoldi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 19 yanvar kuni Farg‘onada kishini dahshatga soluvchi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda hali br yoshga ham to‘lmagan chaqaloq avtomobil g‘ildiraklari ostida qoldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash departament YHXBB xabar bermoqda. 

YTH soat 11:00 larda, Farg‘ona shahar hududidan o‘tuvchi 4R-140A avtomobil yo‘lining 8-kilometrida sodir bo‘lgan.  Haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan Y.A. Lacetti rusumli avtomobilni boshqarayotib, piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro, 2001 yilda tug‘ilgan M.M. va uning qo‘lidagi farzandi F.M.ni urib yuborgan.

Hodisa natijasida, piyoda M.M.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan va qo‘lidagi farzandi, 2021 yilda tug‘ilgan F.M. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

479

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing