Farg‘onada “gashish” giyohvandlik moddalarini sotib yurgan shaxslar ushlandi
Jamiyat
−
30 aprel 2023
3117Farg‘ona viloyatining bir nechta hududida “gashish” giyohvandlik moddalari sotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 23 aprel kuni Farg‘ona shahri Ismoilova ko‘chasida yashovchi A.R. Quvasoy shahar, Qo‘chqorchi qishlog‘ida 1 bo‘lak “gashish” giyohvandlik moddalarini 1 000 000 so‘m evaziga sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Shuningdek, 24 aprel kuni shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, F.Ayniy ko‘chasida yashovchi, I.D. yashash xonadoni oldida 460 000 so‘m evaziga “gashish” giyohvandlik moddalarini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
LiveBarchasi