Farg‘onada er-xotin is gazidan vafot etdi
3-sahifa
−
21 dekabr 2022 5437 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.
Uchko‘prik tumani “Chorbog‘” mahallasida yashovchi Shuxrat Ergashev va turmush o‘rtog‘i Kamola Ergasheva xonadonida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.
Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida, yashash xonadonining yonma-yon joylashgan yotoqxonasi va yuvinish xonasiga qo‘lbola usulda yasalgan, temirdan ishlangan pechka o‘rnatilgani aniqlangan. Pechka shlang orqali propan gaz baloniga ulanib, isitish uchun moslangan, hodisa sodir bo‘lgan kuni xonadonda gaz to‘liq yonmasdan, is gazi ajralib chiqqan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Paxtazor mahallasida yashovchi voyaga yetmagan I.Ismatullayev is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr