“Farg‘ona suv ta’minoti” bosh hisobchisi o‘rinbosari qariyb 660 mlnni “yeb yubordi”
3-sahifa
−
12 may 2022
6788"Farg‘ona suv ta’minoti" MCHJ bosh hisobchisi o‘rinbosari 659,1 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Farg‘ona suv ta’minoti" MCHJ Komplayens-nazorat xizmati tomonidan jamiyatning buxgalteriya bo‘limida sodir etilgan qonun buzilishi holatlari o‘rganib chiqilgan.
Unda jamiyatning bosh hisobchisi o‘rinbosari M.T. 2020-2022 yillar davomida "Farg‘ona suv ta’minoti" MCHJning hisob raqamida bo‘lgan katta miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zining va boshqa shaxslarning plastik kartalariga o‘tkazib, jami 659,1 mln so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlangan.
Hozirda M.T. tomonidan 186 mln so‘m Jamiyatning depozit hisob raqamiga to‘lab berilgan.
Talon-toroj qilingan qolgan pul mablag‘larini undirish maqsadida ayni damda Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi