Ertaga Senatning 37-yalpi majlisi chaqiriladi
Jamiyat
−
01 mart 2023 3311 2 daqiqa
Ertaga, 2 mart kuni Oliy Majlis Senatining o‘ttiz yettinchi yalpi majlisini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Senatning Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tkaziladigan mazkur yalpi majlisda bir qator qonunlar va masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Xususan, quyidagi hujjatlar muhokamasi yalpi majlis kun tartibidan o‘rin olgan:
- “Raqobat to‘g‘risida”;
- “Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida”;
- “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”;
- “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”;
- “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”;
- “Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”;
- “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”;
- “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”.
Shu bilan birga, senatorlar Oliy Majlis Senatining 2022 yildagi faoliyati va 2023 yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalari borasidagi masalani ko‘rib chiqadi hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktorining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlari bajarilishi holati haqidagi axborotini eshitadi.
Bundan tashqari, yalpi majlisda Senat Kengashining qarorlarini tasdiqlash ham nazarda tutilgan.
Live
Barchasi