Ertaga ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi
Bu qiziq
−
02 fevral 8530 3 daqiqa
O‘zgidromet ertaga, 3 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
2-3 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Live
Barchasi