Eron o‘rta masofaga uchadigan yangi raketasini ko‘z-ko‘z qildi
Olam
−
09 fevral 2022 6581 1 daqiqa
Eron Qurolli Kuchlari yangi “Xaybar-shekan” strategik raketasini taqdim etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, raketa qattiq yoqilg‘ida ishlaydi va 1450 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni urib tushirishga qodir. Qo‘nish bosqichida u raketaga qarshi qalqonni chetlab o‘tish uchun yetarli manevrga ega va yangi konstruksiya og‘irlikni analoglarga nisbatan uchdan bir qismga kamaytirgan.
Eron 1990-yillardan beri o‘zining raketa dasturini rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqda. U ballistik raketalarni yaratishda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishgan.
Shu bilan birga, Tehron mintaqadagi raqiblari ham xuddi shunday toifadagi raketalarni o‘zlashtirganini bahona qilib, raketa sanoatini cheklash bo‘yicha muzokaralar olib borishdan bosh tortmoqda.
Live
Barchasi