Eron Isroilning hukumat binolariga zarba bersa, katta urush boshlanadi – “Bloomberg”
Olam
−
13 aprel
12721Tel-Aviv Eronning hukumat binolariga zarba berishga tayyorlanmoqda. Bu haqda "Bloomberg" o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.
"Isroil ayni paytda Eronning hukumat binolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilishiga tayyorlanmoqda, bu esa mintaqaviy urushni keltirib chiqaradi”, deb yozadi nashr G‘arb razvedkasiga tayanib.
Ma’lumot uchun, Isroil armiyasi Damashqdagi Eron konsulligini o‘qqa tutgach, AQSH har qanday sharoitda Tel-Avivga yordam berishini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bayden Eronni Isroilga hujum qilmaslikka chaqirgandi. Tehron esa Vashingtonni Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga “burun suqishi" oqibatlaridan ogohlantirdi.
Shundan so‘ng, Eron Isroilga tegishli yuk kemasini qo‘lga oldi.
LiveBarchasi