Eron Isroilni kassetali raketalar bilan bombardimon qildi (video)
Olam
−
09 mart 7381 1 daqiqa
Bugun, 9 mart kuni Eron Isroilni kassetali o‘q-dorilar bilan jihozlangan raketalar orqali o‘qqa tutdi. Bu haqda “The Times of Israil” xabar berdi.
Nashrining yozishicha, kun boshidan buyon Eron yetti marta yalpi zarba yo‘llagan, raketalar butun mamlakat bo‘ylab joylashgan ob’ektlarga qaratilgan. Hujum oqibatida Isroilning markaziy qismida bir kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohatlangan.
Eron davlat televideniyesi ushbu zarbalarni olqishlab, kuni kecha Eronning yangi Oliy rahbari etib saylangan Mujtabo Xomanaiy rahbarligidagi “raketalarning birinchi to‘lqini” uchirilgani haqida hisobot bergan.
Ma’lumot uchun, kassetali o‘q-dorilar nishonga tekkanida maydaroq o‘q-dorilarni sochib yuboradi, bu esa shikastlash maydonini sezilarli darajada kengaytiradi. Ular tinch aholi uchun o‘ta xavfli hisoblangani sababli, 120 dan ortiq davlat qo‘shilgan Kassetali o‘q-dorilar bo‘yicha konvensiya bilan taqiqlangan. Na Eron, na Isroil ushbu konvensiyani imzolagan.
8 mart holatiga ko‘ra, Isroilda Eron zarbalari oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan. Eronda esa, mustaqil baholashlarga ko‘ra, Isroil va AQSH hujumlari qurbonlari soni 1200 kishidan oshgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Isroil Eronning Isfaxon shahridagi radiatsiyadan himoya qilish markaziga zarba bergan edi.
Live
Barchasi