Eron bilan urushda qancha isroillik halok bo‘lgani aytildi
Olam
−
24 mart 14596 1 daqiqa
Joriy yil fevral oxirida Eronga hujum boshlanganidan beri jami 18 nafar Isroil fuqarosi halok bo‘lgan. Bu haqda Isroil Milliy xavfsizlik tadqiqotlari instituti xabar qildi.
Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi kecha, 23 mart kuni o‘tgan oyning oxiridan boshlangan Eron raketa hujumlari natijasida 4713 kishi jarohat olganini ma’lum qilgan. Vazirlik bayonotiga ko‘ra, hozirda 123 kishi shifoxonada davolanmoqda, ulardan 15 nafari og‘ir ahvolda. Shuningdek, vazirlik so‘nggi 24 soat ichida urush oqibatida 153 kishi jarohat olganini, ulardan 2 nafari og‘ir ahvolda ekanini qo‘shimcha qilgan.
Mintaqadagi keskinlik 28 fevralda AQSH va Isroil Eron bilan qo‘shma harbiy amaliyotni boshlaganidan beri ortib bormoqda. Ushbu urush oqibatida hozirgacha Eronda 1340 dan ortiq odam halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvvalroq Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol Yaqin Sharqning to‘qqizta davlatida 40 dan ortiq energiya ob’ektlari jiddiy shikastlanganini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi