Erdo‘g‘an Shimoliy Kiprga bordi
Olam
−
03 may 4555 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 3 may kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga (SHKTR) bordi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Turkiya davlati rahbarini Erjan aeroportida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar, Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Respublika majlisi raisi Ziya O‘zturkler, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vaziri Unal Ustel va Turkiyaning Lefkoshadagi elchisi Ali Murat Boshcheri kutib oldi.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga uchgan Turkiya delegatsiyasi tarkibida Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan, Sog‘liqni saqlash vaziri Kemal Memisog‘lu, Yoshlar va sport vaziri Usmon Ashkin Bak, Savdo vaziri O‘mer Bolat, “Adolat va taraqqiyot” partiyasi raisi o‘rinbosari va matbuot kotibi Omer Chelik, Prezident ma’muriyatining aloqa bo‘limi rahbari Fahrettin Altun va Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Prezident Aktay Chelik Kilich bor.
Live
Barchasi