Endi Jizzaxda ham avtobuslarda naqd pul qabul qilinmaydi
Jamiyat
−
01 aprel 1908 1 daqiqa
Jizzax shahrida harakatlanayotgan jamoat transportlarida ham yo‘lkira haqini to‘lashda naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etiladi. Bu haqda viloyat hokimining “Jizzax shahrida jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lashda naqd pulsiz to‘lov tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Hokimlikka ko‘ra, elektron to‘lov turlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar yo‘l haqi to‘lovini 2100 so‘m evaziga amalga oshirishlari mumkin.
Qayd etilishicha, yo‘l haqini elektron to‘lov turlari, ya’ni bank kartalari, mobil ilovalar, ATTO transport va virtual kartalari orqali amalga oshirish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro shahrida harakatlanayotgan jamoat transportlarida ham yo‘lkira haqini to‘lashda naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etilgandi.
Live
Barchasi