Endi o‘zbekistonliklar Tailandga vizasiz borolmaydi

Jamiyat

image

Tailand hukumati mamlakatga vizasiz kirish hamda chegarada viza berish (Visa on Arrival) tizimiga o‘zgartirish kiritish taklifini ma’qulladi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Hujjatga muvofiq, 2026 yilning 15 iyulidan boshlab 93 davlat, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun Tailandga kirish uchun joriy etilgan 60 kunlik vizasiz tartib bekor qilinadi.

Ushbu qaror mahalliy “Royal Gazette”da e’lon qilingach, oradan 15 kun o‘tib amal qila boshlaydi. E’lon keyingi hafta berilishi kutilmoqda.

Yangi tartiblarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ham Tailandga vizasiz kira olmaydi. Viza olish uchun thaievisa.go.th sayti orqali onlayn murojaat qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 may kuni Tailand hukumati xorijliklar bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortayotgani sabab 90 dan ortiq davlat fuqarolari uchun amal qilgan vizasiz muddatni qisqartirgandi.

Yangi tartiblarga ko‘ra, avval 93 davlat, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya, Yevropaning Shengen hududi davlatlari hamda Avstraliya fuqarolari uchun amal qilgan 60 kunlik vizasiz rejim bekor qilinadi. Bu ro‘yxat orasida O‘zbekiston ham bor. Endilikda sayyohlar Tailandda vizasiz faqat 30 kungacha qolishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

viza O'zbekiston Tailand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing