Endi uy-joyga muhtoj yosh oilalarga ipoteka kreditlari beriladi

Jamiyat

image

2027 yil 1 yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 20 aprel kuni qabul qilingan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida so‘z boradi.

Farmon bilan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlangan hamda uning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyulgacha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’ektlarning yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi.

Olis va chekka hududlarda xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish uchun foizsiz qarz (ssuda) ajratilgan va faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan sub’ektlarga BHMning 730 baravarigacha miqdorda foizsiz qarz (ssuda) ajratib boriladi.

2027 yil 1 yanvardan uy-joyga muhtoj yosh oilalarga birlamchi bozordan kvartira sotib olish uchun quyidagi tartibda ipoteka kreditlarini ajratish yo‘lga qo‘yiladi:

Ipoteka dasturi doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

Quyidagi asosiy ijtimoiy mezonlarga muvofiq keladigan yosh oilalarga ipoteka krediti ajratiladi:

  • ariza beruvchi hamda uning turmush o‘rtog‘i 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • ariza beruvchi hamda uning turmush o‘rtog‘i nomida so‘nggi 3 yilda mulk huquqi asosida ko‘chmas mulk mavjud emasligi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda B2 darajaga erishgan yoshlar uchun xorijiy pasport rasmiylashtirish uchun boj, S1 daraja va tadbirkorlik tashabbuslari uchun ayrim davlat xizmatlari to‘lovlar 50 foizgacha kamaytirilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing