Endi taqiqlovchi yo‘l belgisini o‘rnatishdan oldin odamlar ogohlantiriladi

Jamiyat

image

Adliya vazirligi tomonidan yo‘l belgilarini o‘rnatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuniga yo‘l harakatini tartibga solishning shaffofligi va ochiqligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunga ko‘ra, quyidagi tartiblar belgilanmoqda:

taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilik xabardor qilinadi; 

yo‘l belgilari reyestri shakllantiriladi hamda reyestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo‘l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi; 

yo‘l belgilarining dislokatsiyasi onlayn tarzda e’lon qilib boriladi; 

taqiqlovchi yo‘l belgilari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o‘rnatiladi.

Shuningdek, qonun loyihasi muhokamasida fuqarolar ham ishtirok etishi mumkinligi aytib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing