Endi soliq to‘lashdan qochganlar qamalishi mumkin

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistonda soliq to‘lashdan qochganlar ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda joriy yilning 17 aprel kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan. 

Jinoyat kodeksining 184-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob’ektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko‘rsatishni, shuningdek, soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan qasdan bo‘yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo ko‘llanilganidan keyin ro‘y bergan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha ahloq tuzatish ishlari yohud 1 yildan 3 ilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash takroran va ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yohud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum kilish bilan jazolanadi.

Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‘rsatilgan foyda (daromad) buyicha soliqlar va yig‘imlar to‘liq to‘langan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum kilish tariqasidagi jazo ko‘llanilmaydi. Agar birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs soliqlar va yig‘imlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatta yetkazilgan zararning o‘rnini tergovga kadar tekshiruv, tergov va birinchi instansiya sudi boskichida, ammo sud alohida xonaga (maslaxatxonaga) kirguniga kadar to‘liq koplasa, javobgarlikdan ozod kilinadi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yig‘imlarni miqdorining anch miqdori – bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 600 baravarigacha, ko‘p miqdori – bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan 1000 baravarigacha, juda ko‘p miqdori – bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdor hisoblanadi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach, ya’ni 2026 yil iyul oyida kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Jinoyat kodeksi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing