Endi mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn o‘tkazish mumkin
Olam
−
21 aprel 5973 1 daqiqa
O‘zbekistonda endilikda my.gov.uz portali orqali mobil telefon raqamini boshqa shaxs nomiga onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. Bu haqda portal Telegram-kanalida xabar berildi.
Yangi tizimga ko‘ra, ariza yuborishda raqamning amaldagi egasi va yangi egasi uni MyID tizimi orqali tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Ushbu xizmatning narxi mobil operatorning tarif siyosatiga qarab o‘zgaradi.
Avvallari ushbu jarayonni amalga oshirish uchun har ikki tomon, ya’ni raqamni topshiruvchi va qabul qiluvchi shaxs aloqa operatori xizmat ko‘rsatish markaziga shaxsan borishi, navbat kutishi, ikki tomondan ham shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (pasport yoki ID karta) taqdim etilishi hamda tegishli hujjatlarni imzolashi talab qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq my.gov.uz portali orqali pensiyani naqd shaklga o‘tkazish bo‘yicha onlayn xizmat yo‘lga qo‘yilgandi.
Live
Barchasi