Dzyudo: Davlat Bobonovda g‘alaba, Gulnoza Matniyozova Olimpiadani tark etdi
Sport
−
28 iyul 2021 3718 1 daqiqa
Tokio Olimpiadasining 5-kun bahslariga start berildi. O‘zbekiston sportchilarining bugungi ishtirokini -70 kg vazndagi dzyudochi Gulnoza Matniyozova boshlab berdi. U ilk bosqichda Chad Respublikasi vakili Demos Memnelumni bir necha soniya ichida mag‘lubiyatga uchratdi.
Biroq, ikkinchi bellashuv kutilganidek, Matniyozova uchun qiyin o‘tdi. Sportchi joriy yil Vengriyada o‘tkazilgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori, ikki karra Yevropa chempioni, “Masters”, “Katta Dubulg‘a”, Gran-pri turnirlari g‘olib va sovrindori, niderlandiyalik Sanne Van Dijkega imkoniyatni boy berib qo‘ydi va Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.
-90 kg vazn toifasidagi bahslarga kirishgan dzyudochi Davlat Bobonov Olimpiadaning ilk bellashuvida italiyalik Nikolas Mungaiga qarshi bahs olib bordi va raqibini “vazari” bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.
Bobonovga kelasi bosqichda ukrainalik Kejau Nabali raqiblik qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan soat 9:00 dan so‘ng boshlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Davlat Bobonov 2020 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi sportchisi deb topilgan. Joriy yilda Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkazilgan kumush medal sohibi bo‘lgan.
Live
Barchasi