Dunyoda koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi 76 foizga kamaydi – JSST
Salomatlik
−
02 mart 2023 4703 1 daqiqa
Joriy yil 30 yanvardan 26 fevralgacha bo‘lgan davrda dunyo bo‘yicha 5 millionga yaqin kishi SOVID-19 infeksiyasini yuqtirgan. Ularning 39 ming nafardan ortig‘i kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Shunga qaramay, statistik tahlillar o‘tgan to‘rt hafta ichida xastalikka chalinish ko‘rsatkichlari undan avvalgi 28 kunga nisbatan 66 foiz, o‘lim holatlari esa 76 foizga kamayganini tasdiqlaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga tayanib, Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Umuman, JSST tahlillariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon Yer yuzida 759 millionga yaqin kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilib, bemorlardan 685 ming nafardan ziyodi vafot etgan.
Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, keyingi ikki oyda pandemiya chekinmoqda. Ammo xastalikni to‘liq jilovlash uchun sayyoramiz aholisining katta qismi to‘liq bosqichda va buster dozada emlanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakili odamlar o‘rtasida tarqalib ketish ehtimoli bo‘lgani uchun dunyoni parranda grippi pandemiyasi xavfidan ogohlantirgandi.
Live
Barchasi