Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 12 maydan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 137 so‘m 20 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 7 so‘m 81 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 10 998 so‘m 72 tiyinga baholanib, 136 so‘m 39 tiyinga arzonlashdi. 

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 3 so‘m 46 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 138 so‘m 26 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

255

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing