Dollar kursi yana pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 9 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,57 so‘mga tushdi va 12 004,75 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 42,94 so‘mga pasayib, 13 691,42 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,53 so‘mga tushdi va 157,11 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 3,79 so‘mga pasayib, 1765,46 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 600 so‘mga tushdi va 1 mln 837 ming 400 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 8 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 13 mln 353 ming 98 so‘mga tushdi va 745 mln 388 ming 380 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing