Dollar kursi yana pasaydi
Jamiyat
−
16:14 1917 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13 aprel kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 39,69 so‘mga tushdi va 12 158,59 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 2,57 so‘mga pasaydi va 14 238,92 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 1,31 so‘mga oshdi va 157,88 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 2,71 so‘mga tushdi va 1780,46 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 9 ming 900 so‘mga oshdi va 1 mln 928 ming 600 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 10 aprel Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 5 mln 11 ming 542 so‘mga oshdi va 874 mln 439 ming 834 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi