Dollar kursi yana ko‘tarildi
Jamiyat
−
16:10 6485 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 37,79 so‘mga ko‘tarildi va 12 129,01 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 124,53 so‘mga balandlagan va 13 968,98 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,17 so‘mga pasaydi va 147,99 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 7,85 so‘mga qimmatlagan va 1761,17 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 4 ming so‘mga tushdi va 2 mln 17 ming 800 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 17 mart Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 1 mln 544 ming 466 so‘mga oshgan va 894 mln 331 ming 815 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi