Ketma-ket uch kun tushgan dollar kursi ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 4,03 so‘mga oshdi va 11 789,33 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 7,04 so‘mga ko‘tarilib, 13 702,74 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,35 so‘mga ko‘tarildi va 136,48 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 0,58 so‘mga oshib, 1756,72 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 11 ming 700 so‘mga tushdi va 1 mln 812 ming 200 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 7 sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 19 mln 846 ming 087 so‘mga oshdi va 937 mln 366 ming 968 so‘m etib belgilangan.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing