Dollar kursi 12 ming so‘mdan tushdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 15 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 32,67 so‘mga pasaydi va 11 981,81 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 21,03 so‘mga oshdi va 13 879,73 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 1,48 so‘mga pasaydi va 165,13 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 0,53 so‘mga tushdi va 1772,09 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa, 21 ming 700 so‘mga pasaydi va 1 mln 826 ming 200 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 12 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 2 mln 66 ming 96 so‘mga oshdi va 759 mln 68 ming 236 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar oltin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing