Dollar kursi 11 000 so‘mdan pastga tushdi
Jamiyat
−
13 iyun 2022 10335 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 14 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,83 so‘mga arzonladi va 10 992,20 so‘mni tashkil qildi.
1 yevro 161,99 so‘mga pasayib, 11 500,04 so‘m etib belgilandi.
Rubl kursi qimmatladi. Xususan, 1 rubl 2,44 so‘mga oshib, 192,76 so‘mni tashkil etdi.