Dollar hukmronligi davri tugayapti – Lukashenko
Olam
−
09 dekabr 2022 9383 1 daqiqa
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko dollar hukmronligi davri nihoyasiga yetayotganini aytdi. Uning so‘zlarini “BelTA” agentligi keltirmoqda.
“Birlashmamizning qon aylanish tizimini har qanday holatda ham yaxshilash kerak. Men moliya haqida gapiryapman. Dollar hukmronligi davri tugayotgani allaqachon hammaga ayon. Kelajak savdo bloklariga tegishli bo‘lib, ularda hisob-kitoblar milliy valyutalarda amalga oshiriladi”, deydi Lukashenko.
Lukashenkoning qayd etishicha, Belarus va Rossiya bazaviy hisob-kitoblarda allaqachon dollardan uzoqlashgan.
Shuningdek, u Kollektiv G‘arb tomonidan Belarus va Rossiyaga qarshi qaratilgan iqtisodiy sanksiyalar paketi kamayotganini aytib o‘tgan.
“Endi ularning oqibatlarini tushunish va baholash vaqti keldi. Energetika va oziq-ovqat inqirozi haqidagi so‘zlar allaqachon barcha minbarlardan eshitilmoqda. Tez orada ba’zi mamlakatlarda bu ikki inqirozga uchinchisi – siyosiy inqiroz ham qo‘shilishi mumkinligini taxmin qilish uchun ishtirokchi bo‘lish shart emas. Alomatlar mavjud. Bir qator G‘arb davlatlarida birinchi navbatda aholi va biznesning ichki tanqidiy baholari tobora balandroq eshitilmoqda”, deydi Lukashenko.
Live
Barchasi