DXXning soxta xodimlari qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Qashqadaryo va Samarqand viloyatida Davlat xavfsizlik xizmatiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, qayta jinoyatga qo‘l urgan. U o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirib, 1997 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaroni DXX organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 2024 yilning sentyabr oyidan 2025 yilning iyun oyiga qadar turli bahonalar bilan aldab, uning jami 30 ming dollar va 510 million so‘m pul mablag‘larini olgan.

Bundan tashqari, mazkur fuqaroning qarindoshini Qurolli kuchlar akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 ming dollar talab qilib, hozirga qadar 4 ming dollar olgan. U Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda so‘ralgan 10 ming dollar hisobidan yana 2 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Shuningdek, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi, 1961 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, uni DXX idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 7 ming dollar olgan vaqtida DXX hamda viloyat IIB tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Angren shahrida Tergov bo‘limi katta tergovchisi 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora DXX Samarqand Qashqadaryo soxta xodimlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing