DXX $373 mingni Qirg‘izistonga olib o‘tayotgan shaxsni ushladi

3-sahifa

image

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘onada 370 mingdan ortiq AQSH dollarini mamalkatdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Farg‘ona tumanining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududi bo‘ylab harakatlanayotgan, 1980 y.t. mahalliy fuqaro boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.

Tekshiruv natijasida, avtomashina salonida 373 ming 717 AQSH dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Aniqlanishicha, qonunbuzar 100 AQSH dollari evaziga ushbu xorijiy valyutalarni aylanma yo‘llar orqali Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan.

Shuningdek, tezkor qidiruv tadbirlari doirasida uning jinoiy sherigi hisoblangan Oltiariq tumanida yashovchi, 1991 y.t. fuqaro ham hibsga olingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing