Demokrat kongressmenlar Trampning chet davlatlarga yordamni to‘xtatish qarorini bekor qilishga chaqirdi
Olam
−
25 yanvar 4013 1 daqiqa
AQSH Kongressidagi demokratlar Trampning boshqa davlatlarga yordam to‘xtatilishi haqidagi farmonini bekor qilishni talab qilmoqda. Bu haqda “The Hill” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, hafta boshida Tramp AQSHning tashqi siyosat dasturlariga mosligini baholash uchun rivojlanish maqsadida ko‘rsatiladigan yordamni 90 kunga to‘xtatish haqida farmon imzolagan.
Shundan so‘ng bir qator demokrat kongressmenlar AQSH davlat kotibi Marko Rubioga murojaat qilib, Prezident Donald Tramp tomonidan imzolangan boshqa davlatlarga yordam ko‘rsatishni to‘xtatish haqidagi farmonni bekor qilishni so‘ragan.
Kongressmenlarning AQSH Davlat departamenti tashqi ishlar qo‘mitasi demokratlari saytida e’lon qilingan xatda shunday deyiladi:
“Biz sizdan AQSH tomonidan xorijiy davlatlarga ko‘rsatiladigan amaldagi yordam dasturlarining moliyalashtirilishini zudlik bilan tiklashingizni so‘raymiz, shu bilan biz o‘z majburiyatlarimizni bajarish va insonlar hayotini saqlab qolishni davom ettiramiz”.
Kongressmenlarning ta’kidlashicha, AQSH tomonidan boshqa davlatlarga ko‘rsatiladigan yordam “strategik investitsiyalar” bo‘lib, u mamlakatning milliy manfaatlariga mos keladi va ko‘makka muhtoj davlatlar aholisining omon qolishini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Meksika ko‘rfazini Amerika ko‘rfazi va Alyaskadagi Denali cho‘qqisini Mak-Kinli deb o‘zgartirishni buyurgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr