Dehqon bozorlarida bugun narx-navo qay ahvolda? 

Jamiyat

image

Davlat statistika qo‘mitasi 2019 yilning 26 mart holatiga respublika dehqon bozorlarida sotilayotgan ayrim turdagi mahsulotlarning eng arzon va eng qimmat narxlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, eng arzon mol go‘shti 28 ming so‘mni (Nukus dehqon bozorida), eng qimmati esa 45 ming so‘mni (Toshkent shahridagi Eski jo‘va, Oloy va Mirobod dehqon bozorlarida) tashkil etgan.

Qo‘y go‘shti 30 ming so‘mdan (Mirobod dehqon bozori) 48 ming so‘mgacha (Eski jo‘va, Oloy va Farhod dehqon bozorlarida) sotilayotgani qayd etilgan.

Kartoshka 1200 so‘mdan (Eski jo‘va, Oloy, Farhod dehqon bozorlari) 5000 so‘mgacha (Mirobod dehqon bozori), piyoz 500 so‘mdan (Eski jo‘va, Oloy, Farhod, Qo‘yliq dehqon bozorlari) 3000 so‘mgacha (Mirobod dehqon bozori) taklif etilmoqda.

Statistika qo‘mitasi xabarida, shuningdek, sabzi, tuxum, guruch, o‘simlik yog‘i va shakarning respublika dehqon bozorlarida ayni kungacha bo‘lgan holati keltirilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing