Davlat idoralarining xatosi tufayli erkak qariyb uch yil hibsda saqlandi
Olam
−
10:14 564 2 daqiqa
Avstraliyada fuqarolik maqomi noto‘g‘ri aniqlangani sababli bir erkak 945 kun davomida migratsiya markazida noqonuniy saqlandi. U qamoq jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin ham ozodlikka chiqarilmay, mamlakatdan deportatsiya qilinishiga urinishlar bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ombudsmani hisobotiga tayanib, ABC News xabar berdi.
Hujjatlarda Maks B. deb ko‘rsatilgan erkak 1989 yilda Avstraliyada Yangi Zelandiya fuqarolari oilasida tug‘ilgan. Ota-onasi uni chaqaloqligida qisqa muddatga chet elga olib chiqqan bo‘lsa-da, 1992 yilda oila Avstraliyaga qaytgan. Mamlakat qonunchiligiga muvofiq, Maks 10 yoshida avtomatik ravishda Avstraliya fuqaroligini olgan.
Biroq 2018 yilda, u qamoq jazosini o‘tayotgan paytda, Ichki ishlar vazirligi uning fuqarolik maqomini tekshirib, bolaligida mamlakatdan vaqtincha chiqib ketganini noto‘g‘ri talqin qilgan. Oqibatda u Avstraliya fuqarosi emas, degan xulosaga kelingan. 2019 yildagi ikkinchi tekshiruvda ham ushbu xato takrorlangan.
Maks B. 2010 yilda jinoyat sodir etgani uchun qamoq jazosiga hukm qilingan. 2022 yilda jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, uni ozod qilish o‘rniga migratsiya markaziga joylashtirishgan va deportatsiya qilishga harakat qilishgan.
U hibsda saqlangan vaqtda bir necha bor Avstraliya fuqarosi ekanini bildirgan. 2024 yilda advokati ham buni tasdiqlovchi dalillarni taqdim etgan, ammo uchinchi tekshiruvda ham avvalgi xulosa o‘zgartirilmagan.
Faqat 2025 yil aprelida Yangi Zelandiya hukumati Maks B. ushbu mamlakat fuqarosi emasligini tasdiqlagan. Shundan so‘ng, uni deportatsiya qilish imkoni yo‘qligi aniqlanib, u qat’iy shartlar asosida ozod etilgan. Keyingi, to‘rtinchi tekshiruvda esa uning Avstraliya fuqarosi ekani tasdiqlangan.
Marjona Mamaniyozova
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr