Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?
Bu qiziq
−
15:11 3062 2 daqiqa
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet e’lon qilgan prognozda keltirilgan.
Ma’lum qilinishicha, respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli jala yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Buxoro viloyati hamda Navoiy viloyatida esa faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, 13–18 m/s gacha kuchayadi, shimolda va cho‘l hududlarda, shuningdek respublika janubida ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Havo harorati 22–24 may kunlari kechalari 13–18 daraja, kunduz kunlari 22–27 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent shahrida bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 22–24 daraja bo‘ladi.
Ertaga, 23 may kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 25–27 darajagacha ko‘tariladi.
24 may, yakshanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Harorat kunduzi 22–24 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 15–18 daraja bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–12 m/s gacha kuchayadi.
Live
Barchasi