Dam olish kunlari havo salqinlaydi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 30-31 avgust kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ertadan boshlab O‘zbekiston hududiga shimoli-g‘arbdan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Havo harorati asta-sekin pasayadi va 30 avgustda 31-36 daraja, 31 avgust-1 sentyabrda 28-33 darajani tashkil etadi.

Kechasi va ertalab salqin havo sezilarli bo‘ladi, 1 sentyabrga borib, harorat kechasi 13-16 darajagacha pasayadi. Shu kunlarda respublika bo‘yicha bulutsiz va quruq ob-havo saqlanib turadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 30-31 avgust va 1 sentyabrda ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo bulutsiz bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 30-31 avgustda 10-14 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 30 avgust kuni kunduzi harorat 34-36 daraja, 31 avgust va 1 sentyabr kunlari 30-32 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari asta-sekin 13-15 darajagacha pasayadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet 2025 yilning sentyabr oyida qanday ob-havo bo‘lishi haqida taxminiy prognozlarni e’lon qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zgidromet kuz havo harorati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing