Chiroqchidagi maktabda spirtli ichimlik ichib ziyofat qilgan direktor va “zamdirektor” ishdan ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 19-maktab direktori va direktor o‘rinbosari maktab hududidagi ziyofatda spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun ishdan ketdi. Bu haqda tuman xalq ta’limi bo‘limi xabar bermoqda.

Joriy yilning 19 mart kuni Chiroqchi tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 19-sonli umumta’lim maktabi direktori P.A boshchiligida maktab jamoasi Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida jamoa roziligi bilan ellik ming so‘m miqdorida pul yig‘adi. Biroq maktab jamoasi biror choyxonada emas balki o‘zlari faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasasida bazm uyushtirishadi. Undan spirtli ichimliklar ham o‘rin oladi.

“Bayram dasturxoni to‘kin-sochin bo‘lishi tabiiy. Ammo maktab jamoasi tomonidan tashkil qilingan bazm-u jamshid mast qiluvchi ichimliklarsiz o‘tmadi. Eng yomoni bugungi pandemiya vaqtida jamoaviy yig‘inlarni to‘xtatib turish kerak bo‘lgan bir pallada ustozlar quyushqondan biroz chiqib ketdi. Nega deysizmi, maktab fayesida bazm uyushtirgan murabbiylar dasturxoni “ko‘rki” spirtli ichimliklar bo‘ldi. Mana sizga saviya, mana sizga o‘sha sharafli nomni yelkasida ko‘targan ustozlar... Afsus”, deyiladi tuman XTB xabarida.

Ma’lum qilinishicha, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Farhod Jumanov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari 19-sonli maktabda bo‘lgan holatga oydinlik kiritish maqsadida maktabga borgan. “Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan” direktor va uning o‘rinbosarlari qilgan ishlaridan izza bo‘lib, o‘z hoxishlariga ko‘ra, egallab turgan lavozimlaridan ozod qilishini so‘rab ariza yozgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

459

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing