Chipta narxi oshirilmaydigan mahalliy poyezd yo‘nalishlari ma’lum qilindi
Jamiyat
−
06 Yanvar 2024 16088 1 daqiqa
Avvalroq, 20 yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlarining chipta narxi 20 foizga oshishi haqida xabar berilgan edi. Chipta narxlari o‘zgarmaydigan bir necha mahalliy yo‘nalishlar ochiqlandi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Bir necha mahalliy yo‘nalishlardagi chipta narxlari o‘zgarishsiz qolmoqda. Ular quyidagilar:
- 54/53-sonli “Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent” yo‘nalishi
- 56/55-sonli “Toshkent – Xiva – Toshkent” yo‘nalishi
- 58/57-sonli “Toshkent – Shovvot – Toshkent” yo‘nalishi
- 72/71-sonli “Toshkent – Olot – Toshkent” yo‘nalishi
- 80/79-sonli “Toshkent – Termiz – Toshkent” yo‘nalishi
- 82/81-sonli “Toshkent – Sariosiyo – Toshkent” yo‘nalishi
- 125/126-sonli “Andijon – Xiva – Andijon” yo‘nalishi
- 95/94-sonli “Andijon – Toshkent – Andijon” yo‘nalishi
- 129/130-sonli “Andijon – Termiz – Andijon” yo‘nalishi
Live
Barchasi
O‘zbekiston shakar importini chekladi
27 Oktyabr