Turkiyalik haydovchi Buxorodagi mudhish YTHda halok bo‘ldi
Jamiyat
−
09 aprel 2019 7315 1 daqiqa
Joriy yilning 8 aprel kunidan 9 aprel kuniga o‘tar kechasi soat 01:15larda Buxoro viloyati Qorako‘l tumani, “Solur” MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” yo‘nalishidagi Xalqaro M-37 avtomabil yo‘lida YTH yuz bergan. Bu haqda Bosh prokuratura QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qandim GPZ temir yo‘lining 2 km.da yo‘lni kesib o‘tayotgan Turkiya Respublikasi fuqarosi Zaki Kiraj o‘zining boshqaruvidagi “Mersedes-bens” rusumli yuk avtomashinasi bilan yo‘lini kesib o‘tayotgan TEM2-5808-raqamli teplovozning yoqilg‘i bakiga urib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, Turkiya Respublikasi fuqarosi Zaki Kiraj og‘ir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qorako‘l tuman IIB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ma’lumot uchun, oldinroq o‘zbekistonlik talaba Turkiyada vafot etgani haqida xabar bergan edik.