Buxoroda portlash keltirib chiqargan yong‘in o‘chirildi

Jamiyat

image

Bugun, 10 fevral kuni Buxoro viloyati hududidan o‘tgan, diametri 1020 mm bo‘lgan magistral gaz quvurida sodir bo‘lgan yong‘in to‘liq o‘chirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, ushbu hududda maxsus xodimlar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Hozirgi vaqtda bu yerda “O‘ztransgaz“ AJ xodimlari tomonidan ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, ayni paytda iste’molchilarga gaz yetkazib berish ishlari boshlab yuborilgan.

“Tabiiy gaz zaxira gaz quvuri orqali hech bir uzilishsiz o‘tkazilyapti va uning iste’molchilarga yetkazilishi shtat rejimida davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 fevral kuni gaz sizib chiqishi ortidan Energetika vazirligi aholi va ijtimoiy ob’ektlarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida respublika hududlaridagi avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor shoxobchalariga vaqtincha cheklov kiritilishini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoroda portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar