Buxoroda kuyov qaynisini pichoqlab qo‘ydi

3-sahifa

image

Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi fuqaro spirtli ichimliklar iste’mol qilib, qayni ukasini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 5 yanvar kuni soat 22:00 larda Vobkent tumani “Quruvchi” mahallasida yashovchi P.A. spirtli ichimlikdan mast bo‘lib, qayni ukasi bilan oilaviy kelishmovchilik sababli janjallashib qoladi. Yuzaga kelgan janjal vaqtida qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan qayni ukasining chap yelka qismiga qasddan bir marta urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikast yetkazadi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan P.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkentdagi novvoyxonalardan birida tanishiga olti marta pichoq urgan shaxs 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing