Buxoroda “kattakonlar” orqali kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
12:47 2207 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Buxoro tumanida tanishi orqali 230 mln so‘m kredit olib berish evaziga 400 AQSH dollari va 6 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Buxoro tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda muqaddam sudlangan fuqaro S.S. fuqarolarning ishonchiga kirib, 3 nafar fuqaroga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 230 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib berishni vada qilgan. Evaziga esa fuqaro M.O.dan 400 AQSH dollari va 6 mln so‘m so‘rab, uni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-168-moddasi (firibgarlik) va 28-211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi mablag‘larini o‘zlashtirgan qurilish firmasi rahbari qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi