Buxoroda qiyinchiliklardan charchagan ayol o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
30 iyun 2025 23236 1 daqiqa
Buxoro viloyatining Buxoro shahrida hayotiy qiyinchiliklar va muammolardan charchagan ayol o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat IIB Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan ruxsat etilmagan suv havzalarida cho‘milmaslik bo‘yicha aholi bilan targ‘ibot ishlari olib borish jarayonida Buxoro shahrida yashovchi fuqaroning suv bo‘yida maqsadsiz o‘tirgani aniqlangan.
Ushbu fuqaro bilan olib borilgan suhbat davomida hayotiy qiyinchilik va oilaviy muammolar sababli turli o‘y-xayollar bilan suv bo‘yiga kelganini ma’lum qilgan.
Shundan so‘ng, Patrul-post xodimlari tezkor harakat qilib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisaning oldini olgan, bir insonning hayoti saqlab qolingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidan oqib o‘tuvchi kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topilgandi.
Live
Barchasi