Buxoroda Damas ko‘zi ojiz ayolni urib, qochib ketdi
3-sahifa
−
05 iyul 2022 8961 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda Damas ko‘zi ojiz ayolni urib ketgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi izoh berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 4 iyul kuni Kogon tumani Damas rusumli avtomobil haydovchisi ko‘zi ojiz keksa ayolni urib ketgan. Shundan so‘ng, haydovchi ayolni mashinasiga yuklab, shifoxonagacha olib bormay, boshqa bir mahallada qoldirib ketgan.
“Hozirda hodisa sodir bo‘lgan joy, vaqt va ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritilgan holda tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi