Buxoroda bulduruq hodisasi kuzatilyapti

Bu qiziq

image

Shu kunlarda Buxoroda o‘ta qalin tuman tushishi va sovuq harorat kuzatilmoqda. Daraxt va simyog‘ochlar oppoq qorga burkangan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aslida, tabiatning bu hodisasi bulduruq (izmoros) deyiladi. Bulduruq hodisasi qalin tuman sabab ko‘rish masofasi 50 metrgacha cheklanganida hamda harorat 0 darajadan past bo‘lganida kuzatiladi. 

Bu hodisada tuni bilan hammayoqda qor yog‘ib chiqqanday ko‘rinadi. 

Ushbu hodisa natijasida namlikka o‘ta to‘yingan havo tarkibidagi suv kristallashib daraxt shoxlari va simyog‘ochlarga yopishib qoladi. Ya’ni qirov atrofni qor kabi qamrab oladi.

Bulduruqning sovug‘i juda kuchli bo‘lgani uchun o‘zbek xalqida “Bir bulduruq uch qorga tatiydi” degan maqol bor.

Sohiba Komilovna

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing