Buxoroda 20 yoshli talaba o‘z joniga qasd qilib, xat qoldirib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 27 aprel kuni Buxoro davlat texnika universitetida yangi qurilgan yotoqxonaning 1-qavatida yashab turgan birinchi kurs talabasi o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida tahririyat Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. Uning ma’lum qilishicha, 2005 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan 1-bosqich talabasi A.Sh. (erkak) bugun ertalab taxminan soat 07:23 larda o‘z joniga qasd qilgan. O‘limidan oldin talaba xat qoldirgan. Xatda marhum o‘limi uchun hech kimni ayblamaslikni yozgan va o‘z ota-onasidan kechirim so‘ragan.

Bildirilishicha, prokuratura tekshirish harakatlarini olib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 6 dekabr kuni ham Buxoro muhandislik instituti (hozirgi Buxoro davlat texnika universiteti)ning 23 yoshli talabasi institut yotoqxonasida uksus ichib, o‘z joniga qasd qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

talaba Buxoro suiqasd xat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing