Buxgalterlar uchun yangilik: bank to‘lovlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri “1C” va “Didox” orqali
Biznes
−
10 dekabr 2020
6667“Kapitalbank” “Venkon” kompaniyasi bilan birgalikda buxgalterlarni to‘lov topshiriqnomalarini “qo‘lda” ko‘paytirish va kiruvchi bank to‘lovlarini “joylashtirish”dan xalos etdi.
Dibank xizmati yordamida “1C” yoki “Didox”da tuzilgan chiquvchi to‘lov hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankka tushadi, va aksincha, hisob-kitob tizimiga kiruvchi to‘lovlar va hisobdan chiqarish avtomatik ravishda joylashtirilishi mumkin. “Kapitalbank” o‘z mijozlariga ushbu qulay xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ochgan birinchi bank bo‘ldi.
“Odatda, Internet-banking tizimi orqali ishlaydigan buxgalterlar bankning veb-saytiga kirib, u yerda to‘lov topshiriqnomalarini tuzishi, ularning holatini kuzatishi, hisob raqamlari bo‘yicha ko‘chirmalar olishi kerak; kiruvchi to‘lovlarni va hisob raqamlaridan chiqarishni kuzatib borishi kerak bo‘ladi, keyin esa buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish uchun buxgalteriya tizimidagi barcha operatsiyalarni qo‘lda ko‘chiradi. Biz ushbu qaytariladigan ishlardan xalos bo‘lish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni bartaraf etishni taklif qilamiz. Buning uchun “1C” bo‘yicha axborot-texnologik ko‘magiga amaldagi obunaga ega bo‘lish yoki “Didox” tizimidagi “Premium” tarifining abonenti bo‘lish kifoya, dedi “Venkon” kompaniyasi rahbari Asqar Ismoilov.
Xo‘sh, u qanday ishlaydi. Endi “1C” dasturining “To‘lov topshiriqnomasi” hujjatida “Bankka yuborish” tugmasi paydo bo‘ldi, uni bosganingizda tizim elektron to‘lov topshiriqnomasini imzolaydi va bankka yuboradi. Ushbu to‘lov topshiriqnomasini imzolash Internet-banking bilan ishlash uchun ishlatiladigan bankning ERI kaliti bilan amalga oshiriladi. Xuddi shu tarzda, kiruvchi to‘lovlar bilan bog‘liq ishlar hamda memorial orderlarlar, to‘lov talabnomalari va inkassa topshiriqnomalari bo‘yicha hisobdan chiqarish ishlari ham soddalashtirildi. Endi amaldagi hisob raqamlaridagi harakatlarga doir ma’lumotlarni nusxalash yoki bank-mijoz fayllaridan yuklab olishning hojati yo‘q. Dasturdagi “Ko‘chirma” degan shaklda tanlangan davr uchun hisob raqamlardagi operatsiyalar bo‘yicha barcha ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankdan yuklanadi.
Buxgalterning eng mashaqqatli va ko‘p vaqt talab qiladigan vazifalaridan biri bu Internet-banking tizimida bank uchun plastik kartalarda ish haqi reestrlarini shakllantirishdir. Dibank xizmati bilan endi bu narsa umuman vaqt talab qilmaydi, eng muhimi, “inson omili” va bu bilan bog‘liq xatoliklarning oldi olinadi. Avtomatik ravishda 1C`da shakllantirilgan reestr bitta tugmachani bosish orqali bankka yuboriladi, shu asosda mablag‘lar xodimlarning kartalariga o‘tkaziladi.
www.dibank.uz veb-sayti orqali “Dibank” xizmati haqida batafsil ma’lumot olishingiz va bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar bilan tanishishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi