Bugun JCHning yarim final janglari o‘tkaziladi
Sport
−
12 may 2023 13400 1 daqiqa
Bugun, 12 may kuni boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Finaloldi janglarda 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.
O‘zbekiston vakillarining yarim finaldagi ishtirokini -54 kg da Oybek Jo‘rayev boshlab beradi. Unga rossiyalik Dmitriy Dvali raqiblik qiladi. Mezbonlarning mazkur bosqichdagi yakuniy jangi superog‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Jalolovga qarshi yarim finalda Ispaniya vakili Ayub Gadfa Drissi ringga ko‘tariladi.
O‘zbek bokschilarining yarim finaldagi janglari ro‘yxati:
-54 kg: Oybek Jo‘rayev - Dmitriy Dvali (Rossiya) (14:45 dan so‘ng);
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Misheyelt Battumur (Mo‘g‘uliston) (15:45 dan so‘ng);
-75 kg: A’loxon Abdullayev - Vanderley Pereyra (Braziliya) (16:00 dan so‘ng);
-92 kg Lazizbek Mullojonov - Muslim Gajimagomedov (Rossiya) (17:00 dan so‘ng);
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Martin Molina (Ispaniya) (18:15 dan so‘ng);
-57 kg: Abdumalik Xalokov - Munarbek Seitbek Uulu (Qirg‘iziston) (18:45 dan so‘ng);
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Xovanets Bachkov (Armaniston) (19:00 dan so‘ng);
-71 kg: Saidjamshid Jafarov - Vanderson De-Oliveyra (Braziliya) (19:45 dan so‘ng);
+92 kg: Bahodir Jalolov - Ayub Gadfa Drissi (Ispaniya) (20:45 dan so‘ng).
Live
Barchasi