Bugun Toshkentning ikki tumanida “svet” o‘chiriladi

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyun kuni Poytaxtning Yashnobod hamda Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrining Yashnobod hamda Chilonzor tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlari hamda kichik tadbirkorlik sub’ektlarida elektr energiyasi soat 18:00 ga qadar o‘chiriladi.

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish, hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

• Yashnobod tumani “Mirishkor” MFYning Ilg‘or shoh, Tolariq, Masjid hamda Darxon ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
• Chilonzor tumanining Afshona, Ilg‘or, Cho‘pon ota ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chirildi.

Shuningdek, hokimlik xabarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘rashini aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent svet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing